demoslotgratis

??????? ? ???????? ? ??  ?(???) ? ??? ? X, ? ???? ? ??? ? ????????? ???? ? ???? cookie ?? ??????? ? ?? . Batafsil

demoslotgratis

2024.06.19

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida vazir Sherzod Shermatov va Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha prezidenti janob Yi Syan o‘rtasida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kelgusi hamkorlikni muhokama qilish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va uchrashuv doirasida ijtimoiy sohalar, AKT infratuzilmasini modernizatsiya qilish, tarmoqlarni raqamlashtirish, shuningdek, raqamli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini amalga oshirish kabi mavzular muhokama kilindi.

Uchrashuvda Huawei vakillari “Raqamli O‘zbekiston 2030” rivojlanish strategiyasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasida mahalliy aloqa operatorlari va ekotizim hamkorlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berishdi. Aloqa qamrovini hamma joyda ta’minlash uchun ilg‘or telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, raqamli hukumat uchun mavjud ma’lumotlarni qayta ishlash markazi imkoniyatlarini kengaytirish va ma’lumotlar markazi qurilishining navbatdagi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish, kompaniyaning kelgusidagi faoliyati rejalari e’lon qilinib, Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi negizida marketing va texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha mintaqaviy resurs markazi (Marketing and Solution Sharing Center) faoliyati, shuningdek, mamlakatda sohani raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish kabi mavzular muhokama qilindi.

Uchrashuvda soha mutaxassislarining AKT bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlaridagi mavjud AKT akademiyalari va “Seeds for the Future” tashabbusi asosida yosh iste’dod egalari uchun ta’lim loyihalarini chiqarishga, shuningdek mahalliy universitetlarda raqamli texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.

“Huawei O‘zbekistonda 25 yildan buyon faoliyat yuritib, doimiy ravishda foyda keltirish va mamlakatning raqamli rivojlanishiga hissa qo‘shish, mahalliy iste’dodlarni rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish va mamlakatimizda kommunikatsiyalarni kengaytirish uchun innovatsiyalarni joriy etishga intiladi”, - dedi Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha prezidenti janob Yi Syan.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Huawei kompaniyasi bilan AKT infratuzilmasini mustahkamlash sohasida uzoq muddatli hamkorlikni ta’kidlab, raqamli yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi, shuningdek Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodan kelgan talabalar uchun “Seeds for the Future 2024” keng ko‘lamli ta’lim dasturiga bu yil  O‘zbekiston mezbonlik qiladigan navbatdagi davlat sifatida tanlaganini olqishladi. Shuningdek, eksport salohiyatini oshirish va O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasini jadallashtirish uchun AKTni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha samarali ishlarni davom ettirishga chaqirdi.

Huawei O‘zbekistonda 25 yildan buyon faoliyat yuritib, AKT sohasida milliy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirmoqda, Mobil Jahon Kongressi kabi yirik global tadbirlarda O‘zbekiston delegatsiyalari bilan raqamli rivojlanish bo‘yicha tajriba almashmoqda, shuningdek, ICTWEEK UZBEKISTAN kabi mahalliy tadbirlarda qatnashib, mahalliy forumlar va treninglar tashkil etib kelmoqda.

demoslotgratis | 下一页