demo+slot

??????? ? ???????? ? ??  ?(???) ? ??? ? X, ? ???? ? ??? ? ????????? ???? ? ???? cookie ?? ??????? ? ?? . Batafsil

demo+slot

2024.08.12

Toshkent, O?zbekiston, 2024-yil 12-avgust: Huawei, O?zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT-ta?lim uyushmasi, shuningdek nazorat qiluvchi organlar, telekommunikatsiya va mehnat agentliklari, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo ta?lim muassasalari ko?magida , Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi universitet talabalari uchun o‘zining “Seeds for the Future 2024” nufuzli yillik ta’lim dasturini ishga tushirganini e’lon qildi. 2024-yil 12-avgust kuni Raqamli texnologiyalar vazirligining majlislar zalida rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu yil “Seeds for the Future”  loyihasining 10 yilligi va bu Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining 25 yilligiga to’gri keldi. Mamlakatning qadimiy tarixi va jadal raqamli rivojlanishini hisobga olgan holda, bu yilgi dasturning butun haftasi Raqamli Ipak yo‘li bo‘ylab hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va iste’dodlarni rivojlantirish g‘oyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.

“Ushbu tadbir O‘zbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish hamda Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish uchun juda muhim. Ushbu maqsadlar yo‘lida bizga talantli yoshlar kerak.  “Seeds for the Future” dasturi esa ularni kashf qilish hamda AKT sohasida global hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi. Iste’dodlarni rivojlantirish, raqamli va yashil dunyoni barpo etish uchun ilg‘or platforma yaratish yo‘lida Huawei kabi hamkorimiz borligidan mamnunmiz”, – dedi Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov.

Huawei Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo vitse-prezidenti janob Vang Shunli dasturning ishga tushirilishini sharhlar ekan, shunday dedi: “Raqamlashtirish bizning yashash, ishlash va muloqot tarzimizni o‘zgartirdi va malakali ishchi kuchi bu o‘zgarishlarning asosi hisoblanadi. Huawei kompaniyasida biz hukumatlar, tashkilotlar va ilmiy doiralar o‘rtasidagi hamkorlik ko‘nikmalardagi bo‘shliqni bartaraf etish va yoshlarni ertangi kun imkoniyatlaridan foydalanishga o‘rgatish uchun zarur deb hisoblaymiz. Biz kelajakdagi AKT iste'dodlarini kengaytirish va o'zimiz faoliyat yuritayotgan hududlarni rivojlantirishga hissa qo'shish uchun umumiy mas'uliyatga egamiz. Biz “Seeds for the Future 2024” loyihasini o‘tkazayotganimizdan juda xursandmiz va mintaqaviy AKT iste’dodlarini ishda ko‘rishni intiqlik bilan kutamiz”.

Universitet talabalariga mo?ljallangan “Seeds for the Future” dasturi mahalliy raqamli iste?dodlarni rivojlantirish, bilim almashish, AKT haqida xabardorlikni oshirish va yosh iste?dodlar uchun raqamli hamjamiyatni rivojlantirishga qaratilgan. Bu yilgi ishtirokchilar orasida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Bahrayn, Iordaniya, Iroq, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Quvayt, Livan, Ummon, BAA, Pokiston va Saudiya Arabistoni kabi 14 davlatning yetakchi universitetlaridan 150 nafar talaba ishtirok etdi.

 

“Seeds for the Future 2024” tanlovida sakkizta mahalliy universitetdan: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Yangi O?zbekiston universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Toshkent xalqaro ta’lim universiteti, Toshkent xalqaro Vestminster universiteti, Mirzo-Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetidan  loyihada ishtirok etish uchun O?zbekistondan 15 nafar talaba tanlab olindi. O‘tgan to‘qqiz yil ichida Huawei global ta’lim dasturida o‘zbekistonlik 147 nafar talaba ishtirok etdi.

Bu yil “Seeds for the Future 2024” dasturi doirasida ilg‘or AKT texnologiyalarini o‘rganish bo‘yicha intensiv treninglar, texnologiya yetakchiligi ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha ma’ruzalar, global mavzularda muhokamalar, “Tech4Good” guruh startap loyihalari bo‘lib o‘tadi. Bilim va tajriba almashish orqali ishtirokchilar 5G, sun'iy intellekt, bulut va Wi-Fi 7 texnologiyalari haqida yaxshiroq tushunchaga ega bo'ladilar, kelajakda o'sish uchun ko'proq imkoniyatlarni o’zlari ochadilar va mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshiradilar.

Talabalar AKT innovatsiyalarini chuqur o‘rganish va soha mutaxassislari bilan hamkorlik qilishdan tashqari, madaniyatlararo aloqalarni o‘rnatish uchun O‘zbekiston bo‘ylab bir qator tadbirlar va ekskursiya safarlarida qatnashadilar. Ochilish marosimi arafasida Toshkent shahridagi Amiti universitetida “Global Village” yirik madaniy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Talabalardan iborat har bir jamoa o‘z mamlakatining madaniy merosi, an’analari, milliy liboslari va oshxonasini namoyish etdi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, har bir jamoaning mamlakat stendlari bilan tanishdi.

Dastur shuningdek, Tech4Good tanlovini ham o'z ichiga oladi. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad – yoshlarning salohiyatini oshirish va ularni jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlar jarayoniga jalb etishdir. Ushbu noyob platforma eng so?nggi AKT texnologiyalarining ulkan salohiyatidan foydalangan holda dolzarb ijtimoiy muammolarni samarali hal qiluvchi innovatsion g?oyalarni ishlab chiqish uchun mo?ljallangan. Ishtirokchi talabalar hakamlar uchun o'zlarining Tech4Good loyihalarini taqdim etadilar va ikkita yetakchi jamoa kelgusi yili Xitoyda bo'lib o'tadigan Global Finalda ishtirok etish uchun tanlab olinadi. O‘tgan yili Tech4Good tanlovining mintaqaviy chempioni O‘zbekiston jamoasi bo‘lgan edi.

“Seeds for the Future” kompaniyaning global miqyosda AKT iste'dodlarini rivojlantirish bo'yicha yetakchi CSR tashabbusidir. 2008 yilda ishga tushirilgandan beri dastur 141 mamlakatdan 18 000 dan ortiq talabalarni qamrab oldi. 360 dan ortiq yuqori lavozimli davlat vakillari va davlat rahbarlarining ko?magida dastur AKT yetakchilari va innovatorlarining keyingi avlodini rivojlantirish uchun 500 dan ortiq universitetlar bilan hamkorlik qiladi.

demo+slot | 下一页