slot gacoe

??????? ? ???????? ? ??  ?(???) ? ??? ? X, ? ???? ? ??? ? ????????? ???? ? ???? cookie ?? ??????? ? ?? . Batafsil

slot gacoe

2024.07.17

Huawei va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy tadqiqot instituti (NIRES) O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Memorandum doirasida Huawei institut laboratoriyasiga invertorlarni tadqiqot qilish va sinovdan o‘tkazish uchun uskunalar sovg‘a qildi.


O‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy tadqiqot instituti va Huawei kompaniyasi o‘rtasida qator uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum quyosh energiyasi manbalarini joriy etish sohasida tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish va mahalliy mutaxassislarni tayyorlash, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish va institut laboratoriyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Huawei kompaniyasining raqamli energetika bo‘limi (Huawei Digital Power) mutaxassislari direktor Umarjon Egamberdiev bilan uchrashuvda O‘zbekistonda muqobil energiya manbalarini rivojlantirish, tadqiqot salohiyati, quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha joriy texnologiya standartlarini muhokama qildilar va energiya sifatini oshirish bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar.

“O‘zbekistondagi so‘nggi 25 yillik faoliyati davomida Huawei mamlakatda hamma joyda ulanishni ta’minlashga intiladi. Kelajakda Huawei yashil energiya bilan ta?minlash va barqaror rivojlanishni qo?llab-quvvatlash, ilg?or raqamli texnologiyalarni taqdim etish, o?z tajribasi bilan o?rtoqlashish va mahalliy kadrlarni o?qitish bo?yicha respublikadagi hamkorlar bilan birgalikda faoliyatini davom ettiradi”, dedi Huawei Kompaniyasi direktor o?rinbosari Suli Gayrat uchrashuv chog?ida. “Huawei Digital Power ishonch, ishlash qulayligi, umumiy o‘sish va umumiy yutuqlar tamoyillari asosida ekotizim hamkorlari bilan birgalikda ekologik strategiyasini mustahkamlashda davom etadi”.

Yig‘ilish davra suhbati shaklida bo‘lib o‘tdi, unda soha mutaxassislari onlayn tarzda ishtirok etdi. NIRES direktori o‘rinbosari Jobir Ahadov institut faoliyati va rivojlanish rejalari haqida ma’ruza qildi va Huawei xodimlari “Fusion Solar White Book” Oq Kitobi asosida quyosh energiyasini rivojlantirish tendensiyalari bilan o‘rtoqlashdi hamda GCTC (Global Compliance and Testing Center) test markazida laboratoriyalar ishi va Huawei invertorlarini sinovdan o‘tkazish jarayonini namoyish etdi.

Yashil energetika sohasida barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni muhofaza qilishni rag‘batlantirish va soha mutaxassislarining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida Huawei Digital Power institutning laboratoriyasiga invertorlarni sinovdan o‘tkazish uskunasini sovg‘a qildi. Ossillograflar O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari bozorida uskunalar sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyada tadqiqot ishlarini olib borish imkonini beradi.

Huawei Digital Power har yili soha vakillarini yangi mahsulotlar va ilg‘or quyosh energiyasi texnologiyalari haqida xabardorligini oshirish maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazadi. Shunday qilib, 2024 yil 17-may Huawei va Photomate kompaniyalari tomonidan O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi mutaxassislar uchun navbatdagi “FusionSolar Day” forumi bo‘lib o‘tdi, unda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati va Huawei kompaniyasi bilan kelgusidagi hamkorlik rejalari ham taqdim etildi.

slot gacoe | 下一页