link gacor luar negeri

??????? ? ???????? ? ??  ?(???) ? ??? ? X, ? ???? ? ??? ? ????????? ???? ? ???? cookie ?? ??????? ? ?? . Batafsil

link gacor luar negeri

2024.07.04

2024-yil 4-iyul kuni Huawei kompaniyasi OceanClub hamjamiyatining O'zbekistondagi ilk tadbirini o'tkazdi va ma'lumotlarni saqlash, tajriba almashish va o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish sohasida industrial ilovalar va texnologik innovatsiyalarni ilgari surish maqsadida hamkorlar uchun maydon yaratdi.


OceanClub — ochiq global notijorat tashkilot bo'lib, sun'iy intellektning jadal rivojlanishi davrida texnik innovatsiyalar bo'yicha bilim almashish va ma'lumotlarni qayta ishlash va saqlash bo'yicha mutaxassislarning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida butun dunyo bo'ylab IT mutaxassislari uchun maydon yaratadi.  Hamjamiyat ma'lumot saqlash texnologiyalari bo'yicha mutaxassislar, olimlar, muhandislar va ixlosmandlarni birlashtirishga qaratilgan. Hamjamiyat a'zosi sifatida hamkorlar keng ko'lamli xizmatlar, ta'lim materiallari, soha ma'lumotlaridan foydalanish va birgalikda innovatsiyalarni yaratish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Ocean Club hamjamiyatining global ishga tushirilishi joriy yilning may oyida Germaniyada bo'lib o'tdi va 4-iyul kuni Huawei kompaniyasining O'zbekistondagi hamkorlari uchun seminar shaklida ilk tadbir bo'lib o'tdi. Seminarda Huawei mutaxassislari korxonalarning raqamli transformatsiyasiga ko'maklashuvchi "Huawei F2F2X architecture" kabi ilg'or yechimlar bilan o'rtoqlashdilar. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga korporativ ma'lumotlarni zararli dasturlar hujumlaridan himoya qilish uchun asosiy va zaxira saqlash bilan himoyalangan tizim yaratish uchun "Huawei Ransomware Protection" innovatsion yechimi taqdim etildi. Tadbir davomida mutaxassislar IdeaHub kabi integratsiyalashgan aloqa vositalari orqali ish joyidagi samaradorlikni oshirish uchun turli yechimlarning vizual namoyishini tashkillashtirishdi.

Hozirda OceanClub hamjamiyatida a'zolarga bilim almashish, maqolalar chop etish, munozaralarda qatnashish va taqdimotlar o'tkazish orqali ball to'plash imkonini beruvchi keng qamrovli rag'batlantirish mexanizmi yaratilgan. Hamjamiyatning eng faol a'zolari Eng Qimmatli A’zolar (MVP - Most Valuable Professional) sifatida tanlanishi va ilg'or dasturlar bo'yicha o'qish va Xitoyda tajriba almashish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin. 2024 yilda 30 dan ortiq mamlakatlarda hamjamiyatning 100 ga yaqin tadbirlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

link gacor luar negeri | 下一页