demo slot pg soft mahjong 3

??????? ? ???????? ? ??  ?(???) ? ??? ? X, ? ???? ? ??? ? ????????? ???? ? ???? cookie ?? ??????? ? ?? . Batafsil

demo slot pg soft mahjong 3

2023.09.22

Huawei talabalar va mutaxassislarni o‘z mahoratini namoyish etishga va AKT sohasida karyera qilish imkonini qo’lga kiritish uchun har yili o‘tkaziladigan ICT Competitionda ishtirok etishga taklif qiladi

ICT Competition Huawei ICT Academy dasturining muhim elementlaridan biri bo‘lib, u AKT sohasida iste’dodlarni rivojlantirish va mutaxassislarni tayyorlashga mo‘ljallangan. Tanlov bir necha yil ketma-ket butun dunyo bo‘ylab o‘tkazib kelinmoqda va butun dunyo bo‘ylab talabalar va mutaxassislar o‘rtasida bilim, tajriba va g‘oyalar almashinuvi platformasiga aylandi. Bu yil esa O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladi.

Huawei ICT Competition Huawei ICT Academy talabalari va butun dunyo bo‘ylab ICT Academy ga qo‘shilishni xohlovchi oliy ta’lim talabalari uchun mo‘ljallangan. Mazkur tanlov orqali Huawei talabalarga sog‘lom raqobat va fikr almashish uchun platforma taqdim etish, shu orqali ularning AKT sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, yangi texnologiyalar va platformalar yordamida innovatsiyalar yaratish qobiliyatini oshirishni maqsad qilgan. 2015-yilda birinchi marta tashkil etilganidan beri Huawei ICT Competition ning ta'siri o'sishda davom etmoqdi.

O‘tgan yili 7-Huawei ICT Competition bo‘lib o‘tdi, unda 2000 dan ortiq kollej va universitetlardan 120 mingdan ortiq talaba ishtirok etdi. Huawei ICT Competition 2022–2023 dunyoning 74 mamlakati va mintaqalaridan talabalarni birlashtirdi. Musobaqa natijasida 146 ta jamoa yakuniy test sinovlarida ishtirok etdi.

ICT Competition 2023-2024 tanlovi bir necha bosqichlardan iborat bo‘ladi, jumladan, mintaqaviy darajadagi saralash bosqichlari, yarim final va final. Ishtirokchilar tarmoq texnologiyalari, bulutli hisoblash, sun’iy intellekt va AKTning boshqa tegishli sohalari kabi turli nominatsiyalar bo‘yicha bellashadilar.

Yo’nalishlar:

Practice Competition-Computing Track

Innovation Competition- AI, IoT, Big Data, Cloud

Industry Competition- Electric Power Digitalization Track.

Practice Competition- Cloud track

Practice Competition- Network track

Industry Competition – Smart Road Track

Practice Competition o’z ichiga Network, Cloud and Computing Tracks oladi, talabalarning nazariy bilimlari va amaliy AKT ko‘nikmalarini hamda jamoada ishlash qobiliyatini belgilaydi. Ishtirokchilar laboratoriya imtihonlari natijalariga ko'ra baholanadilar.

Innovation Competition. Talabalar AKTdan (AI, IoT, big data, and cloud kabi) real muammolarni hal qilish, ijtimoiy va biznes ahamiyatiga ega bo?lgan yechimlarni taklif qilish va murakkab funksionallikka ega modellarni ishlab chiqish uchun foydalanadilar.

Industry Competition elektr energiyasi va aqlli magistrallarni raqamlashtirishni o'z ichiga oladi, talabalar sanoatga haqiqiy muammolarni hal qilishda yordam beradi. O'qituvchilari rahbarligida talabalar keng qamrovli tadqiqotlar olib boradilar va AKT bo'yicha bilimlari va sanoat nou-xaularini (Know-how) birlashtirgan innovatsion yechimlarni taklif qiladilar.

Huawei AKT bo’yicha tanlovi uchun tavsiyaviy ko'rsatmalar:

  • Talabalar Learning Space platformasida mavjud bo?lgan onlayn kurslarni o?rganishlari va amaliyotga tatbiq etishlari shart.
  • Talabalar Milliy dastlabki test sinovlaridan o’tishlari shart (onlayn)
  • Milliy dastlabki bosqichdan o'tgan talabalar barcha ishtirokchi talabalar bilan birga Milliy finalga (onlayn) qo'shilishadi.
  • Milliy final bosqichining eng yaxshi talabalari mintaqaviy final bosqichida O'zbekiston vakili bo'lish uchun tayyorlanadi.
  • Milliy final bosqichi va hududiy final bosqichi g‘oliblari taqdirlanadi.

Huawei ICT Competition 2023-2024

Tanlovning uch bosqichi

1. Preliminary - Dastlabki
    Individual tanlovlar
    Yozma imtihon - 60 savol, 90 daqiqa

2. National Final
    Individual tanlovlar
    Yozma imtihon - 90 savol, 90 daqiqa

3. Regional Final
    Jamoaviy tanlovlar (3 talaba ? 1 o‘qituvchi) Yozma imtihon + Laboratoriya imtihoni - 60 savol, 60 daqiqa+ 4 soat Laboratoriya

National Final Milliy tanlovlar (individual / jamoaviy tanlovlar):

Tanlov ishtirokchilari Huawei ICT Academy yoki Huawei ICT Academy a'zosi bo‘lishni xohlovchi universitetlardan bo‘lishi kerak.

Tanlov ishtirokchilari Internetga shaxsiy kompyuterlaridan kirishlari mumkin.

Tanlov ishtirokchilari National Finalda ishtirok etishda talabalik guvohnomasiga ega bo‘lishi kerak.

Har bir ishtirokchi amaliyot musobaqasining faqat bitta trekida qatnashishi mumkin. (Amaliyot tanlovida qatnashganlar Innovatsiyalar tanlovida qatnashmasligi kerak va aksincha.)

Mintaqaviy finallar (jamoaviy tanlovlar):

Mintaqaviy finallar jamoaviy musobaqadir. Bitta jamoada 3 nafar talaba va 1 nafar o‘qituvchi bo‘lishi kerak. Jamoa bir xil Huawei ICT Academy ning bir o‘qituvchisi va uchta talabasidan iborat bo‘lishi kerak.

Oldingi Global Final ishtirokchilari qayta ishtirok eta olmaydi.

Tanlov ishtirokchilarga nafaqat o‘z mahoratini namoyish etish, balki qimmatbaho sovg‘alar, jumladan Huawei sertifikatlari, Huawei ICT Academy da malaka oshirish imkoniyati va hatto Huawei dan ish takliflarini ham qo‘lga kiritish imkoniyati beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 15.10.2023.

Ro?yxatdan o?tish bo’yicha batafsil ma’lumot

demo slot pg soft mahjong 3 | 下一页